Afg‘on professorlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida

Date:

Bir necha yilki, afg‘on yoshlari O‘zbekistonda o‘qib, o‘zlari tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olib kelishmoqda. O‘qishni tamomlab, yurtiga qaytib, turli yo‘nalishlarda faoliyatini olib borayotgan yoshlar ham talaygina. Ho‘sh, bildirilgan ishonch o‘zini oqlab, yoshlar munosib tahsil olayaptimi? Ayni maqsadda Afg‘onistondagi Jauzjon universitetining bir guruh professorlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar markaz rahbari Oybek Ro‘ziyev mehmonlarni munosib kutib olib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi dunyoda muqobili yo‘q ta’lim dargohida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi, shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi. Kasb o‘rganayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashdi.
Aytish kerakki, hozirda o‘quv markazida 150 nafar afg‘onlik yosh qisqa muddatli kurslarda o‘qib, turli kasb o‘rganmoqda. Zamonaviy markazda hozirgi kungacha 500 dan ortiq yosh ta’lim olib, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli diplomga ega bo‘ldi.
Safar doirasida afg‘onistonlik professor Nurulloh Oltoy, Ashraf Sharifi va Vakil Vakilzoda ta’lim markazi hovlisiga ezgu niyatlar bilan mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun