Preventiv va predektiv kurslari tashkil etiladi

Date:

O‘zbekistonda preventiv va predektiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish rejalashtirilmoqda. “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, respublikadagi 10 ta tibbiyot oliygohida Preventiv va predektiv tibbiyot kafedralari tashkil etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari, oliy va o‘rta maxsus tibbiy ta’lim muassasalari professor pedagogik tarkibi 18 soatlik preventiv va predektiv tibbiyot kurslarida o‘qitiladi.
Bundan tashqari, professional va oliy tibbiy ta’lim, kasbiy malakani oshirish va qayta tayyorlash tizimiga sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha dars soatlari kiritiladi. Yo‘nalishidan qat’iy nazar malaka oshirish va ixtisoslashtirish kurslariga 6 soatdan kam bo‘lmagan preventiv va predektiv tibbiyot darslari ham kiritiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun