Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

Date:

Nogironligi bor shaxslarni jamiyatga qo‘shish, ularni borligicha qabul qilsih haqida gapiramizu, ammo ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratilmagani xayolimizga ham kelmaydi. Axir, ularning ko‘cha-ko‘yda, jamoat joylarida harakatlanishlarini ham hisobga olish kerakku. Ayniqsa, yurtimizga tashrif buyuratigan mehmonlar orasida ana shunday insonlar bo‘lsachi? Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoit yaratish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, joriy yildan nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlari o‘rnatiladi va ular to‘g‘risida
Brayl alifbosidagi ma’lumotlar joylashtiriladi. Temir yo‘l va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus ko‘tarilish panduslari va qulay zina tutqichlari o‘rnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qo‘yiladi.
2027-yil 1-yanvarga qadar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi bo‘lgan 1000 nafar shaxsga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismi, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona subsidiyalar ajratiladi.
Dasturda, jumladan, 2024-yil 1-martdan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublikaning har bir hududida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish hamda avia, temir yo‘l hamda avtobus biletlarini xarid qilish bo‘yicha onlayn platformalarda eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e’lonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish nazarda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish va ta’mirlash ishlariga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy soha, xususan, tibbiyot,...

Belni mahkam bog‘lab…

O‘zimiz yashaydigan makonni yashillikka burkashni maqsad qilib, bu borada...

Mavsum tanlamas biznes

Sho‘rchi tumanidagi “Kakan” mahallasi ahli kambag‘allikdan chiqishning munosib yechimini...

Xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori (https://lex.uz/pdfs/7327821) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra...
KunTun
KunTun