Semizlikni 30 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan

Date:

Farzandlarimiz maktabga ketayotib, dars jarayoni, qo‘shimcha mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishini hisobga olib, tushlik uchun qo‘llariga pul tutqazib qo‘ya qolamiz. Ammo, hamma ota-ona ham o‘g‘il-qizlaridan nima tanovul qilganini so‘rab, tergayvermaydi. Qandaydir shirinlik, qo‘lbola usulda tayyorlangan olmaqandu shunga o‘xshash mahsulotlar, tez tayyorlanuvchi yeguliklar bilan kifoyalanishlari esa salomatliklarida zid ta’sir qilishi hech gap emas. Holbuki, bolalar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta’m va rang beruvchi qo‘shimchalar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, o‘quv muassasalarida ularning iste’moli kamaytiriladi.
O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash mo‘ljallanayotgan bo‘lib, bunda bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan. “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiyena qoidalari bo‘yicha tavsiyalar to‘plami yaratiladi. Ana shu qoida va talablardan kelib chiqqan holda sog‘lom turmush tarziga amal qilmoqlik sog‘lom turmush-tarzi garovi bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun