Gʻalla maydonlarida ishlar davom etmoqda

Date:

Bepoyon g‘alla maydonlarida bug‘doy boshoqlari nish urib, bo‘y cho‘zgani ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Va beixtiyor bu yilgi hosilning mo‘l bo‘lishiga umid bog‘laymiz. Albatta, hosilning mo‘l bo‘lishi fermer va dehqonlarning mehnati, g‘allaga qaroviga, amalga oshiradigan agrotexnik tadbirlariga bog‘liq. Birgina Angor tumanida 2024-yil g‘alla hosildorligini oshirish uchun 6500 gektar maydonga boshoqli don ekilib, parvarish qilinmoqda.
Ayni kunlarda “Zamin Angor kluster” MCHJ hamda fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan g‘alla maydonlarini oziqlantirish uchun mineral va mahalliy o‘g‘itlar berish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ariqlarni betonlash hamda zovurlarni tozalash ishlari qizg‘in tus olgan. Angor tumani hokimi Qosim Mardonov tegishli mas’ullar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish hamda mavsumiy agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini tekshirish maqsadida fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, sohaga oid tavsiya va zaruriy ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun