Ona farzandlari bilan kelinlik uyiga kiritib qo‘yildi

Date:

Oila muqaddas dargoh deyishadi-yu, ammo ayni kattalarning o‘zlari farzandi va kelinining hayotiga aralashib, yosh oilaning darz ketishiga sababchi bo‘lib qolishadi. Afsuski, ba’zida niyatlariga yetib, ajrimlar sonining ortishiga hissador bo‘lishadi. Termiz shahrida yashovchi Nigora Temirova turmush o‘rtog‘i va uning yaqin qarindoshlari bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab 4 nafar farzandi bilan yashash uyidan chiqarib yuborildi.
Er-xotin ha-deganda murosaga kelmadi, harqalay yaqinlari ham tinch o‘tirishmadi. Nima bo‘lganda ham ona va to‘rt norasida go‘dakning yashashi uchun uy-joy kerak. Masala fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, ona va bolalar kelin bo‘lib tushgan yashash uyiga kiritib qo‘yilishi haqida qaror qilindi. Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari jarayonida mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va yoshi ulug‘larning tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida oila vakillarining o‘zaro kelishmovchiliklariga barham berildi.
Byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari tomonidan ayni shu turdagi ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasidagi amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun