Bog‘dorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Date:

Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga xos va mos hudud. Qolaversa, bu borada fermer va dehqonlarimizning, bog‘bonlarimizning katta tajribalari borki, bu mo‘may daromad olishga, sohada yuqori mahsuldorlikka erishishga xizmat qilayotir. O‘z-o‘zidan bu keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirishga, aholi bandligini ta’minlab, yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga xizmat qilishi bilan birga mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanishga sabab bo‘layotir. Albatta, bu borada e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir.


Xususan, Termiz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Odil Yaqubov rahbarligida bog‘dorchilik, sabzavotchilik va boshqa turdagi mahsulotlarga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Unda xo‘jaliklar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, eksport qilish, soliq qarzdorliklarini bartaraf etish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...

Boshqaruv inklyuziv transformatsiyalansa…

Termiz shahrida BMT qo‘shma dasturi doirasida “O‘zbekistonda bolalar va...

Iqtisodiy hamkorlik kuchaymoqda

Balx viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi va G‘azanfar Muhammad Ibrohim,...

Murojaatlar toifaga bo‘linadi

2026-yil 1-aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aholi bilan muloqot tizimini...
KunTun
KunTun