Tez tibbiy yordam xizmatiga elektromobillar beriladi

Date:

Ekologiyani asrash, nafas olayotgan havomizni sof holda saqlash uchun doimiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiramiz. Ayniqsa, mashinalarimizdan chiqayotgan gaz va tutun keltirayotgan zarar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Haftada bir bora mashinasiz kun e’lon qilingan bo‘lsa-da, ulovsiz bir kunimizni tasavvur eta olmay, bu kun tartiblariga rioya qilmasligimiz ham haqiqat. Bu masala global muammo bo‘lganligi uchun butun insoniyat kurashayotganini ko‘rib, bilib turibmiz. Birinchi navbatda elekromobillarning ishlab chiqarilayotganida ham ona tabiatni har xil zaharli gazlardan asrash maqsadi yotadi.
Yurtimizda ham ora-chorada ana shunday elektromobillarni uchratib, tez orada ana shunday mashinalar asosiy ulovimizga aylanishiga umid bog‘laymiz. Bu ham tabiatni asrash uchun bosilgan bir qadam aslida. Xizmat mashinalarining elektromobillarga almashishi insoniyat xavfsizligi hamda moddiy-texnik bazani yaxshilash uchun ham ayni mos keladi. Shu maqsadda O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari boshlanmoqda.
“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, tez tibbiy yordam avtomobillarining 50 foizi elektromobillar bilan to‘ldiriladi. Bunda, 2024-yildan boshlab 2030-yilga qadar elektromobillarni sotib olish muddatlari belgilanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...

TERMIZDA QADIMGI TURON TARIXI VA MIFOLOGIYASI MUHOKAMA QILINMOQDA

Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi...

MAHALLALARDA «3–30–300» YASHILLASHTIRISH STANDARTI JORIY ETILADI

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik...

NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLDI

Termiz tumanidan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimizning...
KunTun
KunTun