BOKS YULDUZLARI O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

Date:

Sportu san’atda, umuman hayotimizning barcha jabhalarida yoshlarimiz muvaffaqiyatga erishib, yurt faxru iftixoriga aylanmoqda. Bunday yoshlar, albatta, barchaga o‘rnak va namuna bo‘lish bilan birga ana shunday iqtidorlar safini kengaytirishga ham xizmat qilayotir. Ayni shu sababdan Sariosiyo tumanidagi 1-umumta’lim maktabida tashkil etilgan uchrashuvda olimpiada chempioni, professional boksda qator natijalarga erishgan Murodjon Ahmadaliyev, Osiyo va jahon chempioni Elnur Abdurayimov, hozirgi vaqtda Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘z faoliyatini yuritayotgan Osiyo chempionati g‘olibi, professional boksda g‘alabalarga erishgan Mahmud Gaipov, yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Alyor Noraliyev ishtirok etdi.

Uchrashuv mobaynida sportga qiziquvchi yoshlar tomonidan yo‘llangan savollarga sportchilar javob berishar ekan, har qanday yutuq tag zamirida avvalambor chuqur bilim olish, mas’uliyat bilan mehnat qilish birinchi o‘rinda turishini eslatib o‘tishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun