“Bor mehrim senga bolajon”

Date:

Yangi yil oldi qalblarimiz ezgulik va saxovatga to‘lishi, atrofdagilarga yaxshilik ulashishni istashimiz aniq. Ana shunday niyatdagi insonlar uchun “Bor mehrim senga bolajon” aksiyasi ayni mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ 348-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tashabbusi bilan tibbiyot birlashmasida “Bor mehrim senga bolajon” aksiyasi tashkil etildi.
Aksiyaga hokimlik xodimlari, tuman tashkilot va korxona xodimlari, keng jamoatchilik vakillari beg‘araz qon topshirishdi. Shuningdek, har bir bemorga qon topshirishning, donorlikning inson organizmiga foydali jihatlari, qon topshirgach, kunlik ratisonga e’tibor qaratish lozimligi haqida tushunchalar berildi. Aytish kerakki, aksiya doirasida topshirilgan qon kimningdir hayotini saqlab qolishiga, yangi hayot bag‘ishlashiga xizmat qilishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun