Vengriyadan folklorshunos tashrif buyurdi

Date:

Xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek milliy san’atida qandaydir joziba, sehr bor. Uni tinglagan inson butun tashvishini unutadi, ohangga mahliyo bo‘lib, dam oladi, estetik zavq oladi. Bu ohanglar o‘tmish va bugunni san’at orqali bog‘lab, xalqni milliy qadriyatlar ruhida, san’atga oshufta qilib tarbiyalaydi, ulg‘aytiradi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodini nafaqat xalqimiz, balki dunyo xalqlari ham katta qiziqish bilan o‘rganyapti, bahramand bo‘lyapti. Buni chanqovuz ohangiga mahliyo bo‘lgan san’atkor ayolning chanqovuz chalib o‘ziga xos yo‘nalish tanlaganidan bilish mumkin.
Denov tumaniga Vengriya davlatidan ana shunday qiziquvchilar musiqashunos, folklorshunos Agoch Gergey va Dovud Karolar keldi. Ular Denov tumani madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Chor qarsak” folklor etnografik jamoamiz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Etnografik jamoamiz tumanimizning kuy-qo‘shiqlaridagi urf-odatlarni, udumlarni, ohanglarni namoyish etishdi. Tumanimizning kuy-qo‘shiqlari folklorshunoslarda katta ta’surot qoldirganini bildirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun