Terini qayta ishlash korxonasi ish boshladi

Date:

Angor tumanida charmdan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi. Italiya texnologiyasi bilan jihozlangan korxonaning umumiy qiymati 23 million dollar bo‘lib, yiliga 1,2 million kvadrat metr tayyor charm, 450 ming juft poyabzal, 250 ming dona charm-attorlik mahsulotlari, 5 ming tonna jelatin ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu shu paytgacha chiqindiga chiqarilgan yoki kam miqdorda, arzon narxlarda boshqa hududlarga sotib yuborilgan chorva mollari terilari endi o‘zimizda qayta ishlanadi degani. Muhimi aholi chorva mollari terisini sotib daromad topish imkoniyatiga ham ega bo‘lishayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov nuroniylar va faollar bilan mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Loyihaning birinchi bosqichida 210 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ishchi-xodimlar uchun yotoqxona, 20 o‘rinli o‘quv markazi, oshxona va boshqa sharoitlarga ega yordamchi binolar zamon talablari asosida tashkil etilgan.
Bu yerda qayta ishlangan teri mahsulotlari Ozarboyjon, Turkiya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Portugaliya, Germaniya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Yillik eksport hajmi 15 million dollarni, byudjetga tushum miqdori 4 milliard so‘mni tashkil etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun