G‘olib Buyuk Britaniyaga…

Date:

Yoshlarning xorjiy tillarni o‘rganishiga e’tibor kuchaygan bir paytda maktablarda ham o‘qituvchi-pedagoglardan talab va mas’uliyat ortgan. Maqsad bir ekan, birdamlik bilan tashlangan qadam marra tomon yaqinlashtiradi. O‘quvchilarning chet tillarini naqadar o‘zlashtirayotgani, bu borada maktablarning xizmati nechog‘lik ekanini aniqlash maqsadida Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi o‘tkazilayotir. O‘tgan o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan tanlovning viloyat bosqichiga Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabining 5 nafar yuqori sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoa ishtirok etib, respublikaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Aytish kerakki, g‘olib o‘quvchilarning har biri ingliz tili bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, yuksak marralarni ko‘zlagan yoshlardan. Ilm ortidan quvib, aslo kam bo‘lmagan bu yoshlar tanlovning shahar va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jami 350 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘lishdi. Bu mablag‘larning 25 foizi o‘quvchilarga, 25 foizi o‘qituvchilarga, qolgan 50 foizi maktab fondi uchun yo‘naltirildi. Respublika bosqichida faol ishtiroki uchun esa jamoa Buyuk Britaniyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Oldingi sahifaPrezident Surxondaryoda
Keyingi sahifaZAMONAVIY TIPDA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun