Mukofoti 30 million so‘m…

Date:

Mahallalarda yoshlar yetakchilarining xizmati va faolligi, tashabbuskorligi bilan yoshlarning vaqti mazmunli tashkil etilmoqda. Kasb-hunar o‘rganish, ish bilan ta’minlashda ham yoshlar yetakchisi bosh-qosh. Yetakchilarning yoshlarga kerakli yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatgan, lavozim vakolatlaridan foydalangan holda yordam qo‘lini cho‘zayotgani haqida eshitamiz. Ayni shu sababdan ham ushbu lavozimga faol, tashabbuskor yoshlar tanlangan. Ular mahalla yoshlarini o‘z ortidan ergashtirib, jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun harakat qilishayotgani ayni haqiqat.
“Eng yaxshi mahalla yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovi esa yoshlar yetakchillari orasidan eng munosiblarini, boshqalar o‘rnak va namuna bo‘la oladiganlarni tanlashga xizmat qilayotir. Surxondaryo viloyatida ham ushbu ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan nomzodlar esa haqiqatda o‘z ishiga, lavozimiga munosib bo‘lgan kadrlar deyish mumkin. Tanlov mezonlari asosida baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra Muzrabot tumanidagi “Yo‘lchi” mahallasi yoshlar yetakchisi Salohiddin Fayzullayevning g‘olib deb topilgani, uning faoliyatiga qiziqish uyg‘otadi. Umid qilamizki, Salohiddin Fayzullayevning hamkasblari ham yuqori natijalarni ko‘zlab, o‘z vazifasiga kirishishadi. Ha aytgancha, g‘olib 30 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun