Ochiq muloqotda…

Date:

Biz kattalar yoshlarni o‘z oldiga katta-katta maqsadlar qo‘yib ulg‘ayishiga o‘rgatishimiz kerak. Albatta, ayni maqsadlardan ilhomlanib oldinga intilishsin. Ana shundagina erta turmush, erta tug‘ruqning oldini olgan bo‘lamiz. Axir oilaviy hayotga qadam qo‘yish uchun har bir yosh ham ma’nan, ham ruhan, ham jismonan tayyor bo‘lishi kerak-da. Shu maqsadda Sho‘rchi tumanida “Voyaga yetmagan yoshlar orasida erta tug‘ruq, erta turmush, istalmagan homiladorlikni oldini olish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.


Ochiq muloqot davomida aholi, ayniqsa, ayollar va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, erta turmushning oldini olish, tibbiy ko‘rikni sifatli tashkil etish borasida so‘z yuritildi. Tibbiy ko‘rik – insonlar salomatligini saqlash, kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan tadbir. O‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning ahamiyati shundaki, insonlarning doimo sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishi va sog‘lom bo‘lib yurishi uchun xizmat qiladi.
Ochiq mulqot davomida ishtirokchilar fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...

Xavfsizlik muhim

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar...

Ezgu tashabbus

Bandixon tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida 2006-yil bitiruvchilari ishtirokida samimiy...
KunTun
KunTun