VATAN OSTONASI…

Date:

Vatanga muhabbat onaga muhabbat kabi sof va samimiy bo‘lishi kerak. To‘g‘ri-da, kim ham kindik qoni to‘kilgan, bag‘rida atak-chechak qilgan, quvonchi-yu qayg‘usi shu makonda o‘tgan makonni sevmaydi, uzoqlashsa, sog‘inch azobi qalbini tig‘lamaydi, qaytgisi kelavermaydi deysiz.
Endi aytingchi, ana shunday ota makonga xiyonat qilish, uni sotish mumkinmi? Undaylarni vatangado deyishmaydimi? Muzrabot tumanidagi 7-sonli maktabda tashkil etilgan “Vatan ostonasi” festivali davomida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston va Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi, xalqaro tanlovlar g‘olibi Qo‘chqor Norqobil yoshlarga vatanparvarlik, uni sevish haqida gapirdi.


Yoshlar ongiga taʼsir qilishga urinayotgan turli yot g‘oyalarga qarshi kurashish, buning uchun esa vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, yosh avlodning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi lozimligi borasidagi fikr-mulohazalar barchaning qalb ko‘zlarini, ongu shuurini uyg‘otib yuborgan bo‘lsa, ajab emas.
Tadbir so‘ngida jurnalist Qo‘chqor Norqobil tomonidan Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailovga o‘z mualliflik kitobi sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun