Baxshimiz xalqaro festivalda

Date:

Baxshining kuchi do‘mbirasini sayratib, jo‘shib-jo‘shib kuylayotganida, so‘z o‘yini qilib, qofiyani kelishtirib kuylaganida seziladi. Tomoshabinni o‘ziga mixlab qo‘ydimi, demak baxshi ko‘ngillardan joy olib, mehr qozona olgan. Olisdan, moziydan so‘zlovchi doston va termalar esa bizni qahramonlikdan, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sarguzashtlardan voqif qiladi. Voqeaning rivojini bilishga, barchasi yaxshilik bilan yakunlanishiga umid bog‘laymiz.
Ana shunday aytimlari bilan muzrabotlik O‘zbekiston Xalq baxshisi Rasul baxshi Umirov Qozog‘iston Respublikasining Yettisoy shahrida o‘tkazilgan baxshilar festivalida ishtirok etdi. Barchani o‘ziga qaratib, yuraklarini sel etdi. Ishtirok munosib baholanib, festivalning “АЛПАМЫС БАТЫР” hamda “КОК ТУРIКTER ҚАҒАНАТЫ” unvonlari bilan taqdirlandi.
Yurtga qaytgan Rasul baxshi Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov tomonidan munosib kutib olindi va Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun