10 kishining bandligi ta’minlandi

Date:

Non dasturxonimizning to‘rida doimo e’zoz va ardoqda. Uning har ushog‘ini-da uvol qilmaslikka harakat qilamiz. Non qornimizni to‘qlashi bilan birga, uni pishirish, tayyorlash orqali bandligimiz ta’minlanishi esa ro‘zg‘orga qut-baraka olib kiradi. Sho‘rchi tumanining “Bo‘ston” mahallasidagi “Sho‘rchi don sifatli non” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida 10 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangani esa fikrimiz isboti bo‘ldi.
Ushbu korxonada non va non mahsulotlari Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilmoqda. Ishga qabul qilingan har bir xodimning esa o‘z vazifasi va mas’uliyati bor. Mahsulotning sifatiga va ta’miga alohida ahamiyat qaratishlari lozim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun