25-oktyabrdan 1-dekabrgacha…

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilingani ezgulikni ko‘ngliga tugib, yerga nihol qadashni niyat qilganlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Shu tariqa g‘ayrat va shijoat bilan kuz mavsumida ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.
Loyiha doirasida respublikamiz bo‘ylab mavsum davomida 85 million tup ko‘chat ekilishi reja qilingan. Ayni topshiriqqa binoan Angor tumanida ham 425 ming ko‘chat ekish qilingan. Tuman hokimi Qosim Mardonov manzillarda bo‘lib, olib borilayotgan ishlаrni nazorat qildi.
Yo‘l yoqalari, tashkilot va korxonalarda ko‘chat ekish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish va dala chetlariga uzum ko‘chatlari uchun shpalerlar o‘rnatish hamda daraxt ko‘chatlari uchun xandaqlar qazish bo‘yicha tavsiya va zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun