Qirg‘izistondan g‘alaba bilan…

Date:

Sportchining g‘oliblik pillapoyasidan ko‘tarilib, omma e’tiboriga tushishi, uning qalbiga g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mavjlantiradi. Albatta-da, g‘olib uchun bundan ortiq baxt, shon-shuhrat bormikan aslida. Kuni kecha Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida “Mariya Pinigina-Kolchunova” xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatning yengil atletika sport turi bo‘yicha 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida 100 metrga yugurish musobaqasida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar uchun, musobaqa yakuni ana shunday hayajonli bo‘ldi.
Unda Termiz tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Jonibek Bahriddinov ham ishtirok etib, bor imkoniyatini ishga soldi. Belgilangan masofaga yeldek yugurib, faxrli II o‘rinni egallab qaytdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻl qoidasini buzsa, qimmatga tushadi

Özbekistonda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va xavfli qoidabuzarliklarning oldini...

JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi, ta’lim olishi va har tomonlama kamol...

NURONIYLAR SABOG‘I — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qism madaniyat uyida «Uch avlod uchrashuvi»...

172 TA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar...
KunTun
KunTun