Yil yakuniga qadar…

Date:

Farzandi oliygohda o‘qiyotgan ota-onani o‘ylantiradigan eng muhim masalalardan biri, ularning turar joy masalasidir. Xolbuki, hududlardagi oliygohlarning hammasida ham yetarlicha o‘ringa ega talabalar turar joyi mavjud emas. Yotoqxonadan joy ololmagan talaba esa ijara xonadon izlashga majbur bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, 2026-yilga qadar respublika bo‘yicha 100 ming o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi quriladi. Birgina 2023-yilda respublika miqyosida 38 633 o‘rinli jami 85 ta talabalar turar joyini bunyod etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shu TTJning 55 tasi (24 621 o‘rinli ) davlat-xususiy sheriklik, 30 tasi (14 012 o‘rinli) oliygoh va byudjet mablag‘lari hamda investitsiya dasturi asosida qurilmoqda.
Hozirda 25 569 o‘rinli 54 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda. 115 ta davlat oliygohida jami 324 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 117 646 o‘rinni tashkil etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun