“Tadbirkor tadbirli bo‘lishi kerak”

Date:

So‘nggi vaqtlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan bir qatorda xususiy MTTlar, uy bog‘chalarining faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu soha ham daromadbop soha deyishingiz mumkin. Albatta, daromad keltirishi mumkin, ammo daromaddan ham ko‘prog‘i kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasini o‘ylaydigan, taqdiriga befarq bo‘lmagan insonlarning shu ishning boshida turganidir. Sohada berilayotgan imtiyozlar tadbirkorlarimizning ko‘plab reja va tashabbuslarni amalga oshirishga imkon bermoqda.
Sho‘rchi tumanida faoliyat yuritayotgan “Happy kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, tajribali va tadbirli tadbirkor, “Shuhrat” medali sohibi Xadicha Alimardonova ham ana shunday bolajon ayol. Uning ayni fazilatlari sabab u faoliyatini yo‘lga qo‘ygan NMTT bugungi kunda eng namunali bog‘chalardan. Bog‘chada bolajonlarning vaqtini mazmunli tashkil etilishi, ovqatlanish ratsioni-yu, til o‘rganishiga alohida e’tibor qaratilgan.


Tadbirkor ayolning faoliyati ko‘pchilikning havasini uyg‘otib, ayni shu yo‘ldan ketadiganlar uchun katta ibrat maktabi hamdir. Ayni maqsadda esa Xadicha Alimardonova ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv keng jamoatchilikning ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Mazmunan boy bo‘lgan suhbat samimiy ruhda o‘tdi. Barcha tadbirkor ayolning mehnat faoliyati, ishni qanday boshlagani, bu yo‘ldagi qiyinchiliklar haqida tingladi. Tinimsiz mehnat-u mashaqqat bilan erishilganlarining shirin mevasi haqida bilib olishdi.
Tadbirli ayol beg‘ubor va qiziquvchan bolajonlar uchun xorijiy tillar mukammal o‘rgatilayotgan “Happy kids” maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun