“PLAN TO‘YI” BO‘LIB O‘TDI

Date:

Har bir sohaning o‘z atama va terminlari bo‘ladi va u faqat soha odamlarigagina tushunarli. Qishloq xo‘jaligi sohasida ham javlon urib mehnat qilayotganlarning-da, o‘zlariga xos ana shunday terminlari bor. Tildan-tilga o‘tib, yarim hazil-yarim chin gaplar bilan aytganda, terimchilar-u fermerlar paxta rejasini bajarishganda “plan to‘ylari”ni o‘tkazish, yutuqlarini nishonlash odat tusiga kirgan.
Ana shunday “plan to‘y” Jarqo‘rg‘on tumani “Loyqand chinori” hududidagi “Abduxalil fayz baraka” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi. Fermer xo‘jaligi rahbari Ulug‘bek Supiyev 20 gektar paxta maydonidan belgilangan rejani ortig‘i bilan bajargani uchun to‘y qilib, terimchilarga osh berdi. Ushbu tadbirda sektor rahbarlari ham ishtirok etib, tuman hokimi Elmurod Avazov ilg‘or terimchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, esdalik sovg‘alari topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun