1-oktyabrdan…

Date:

Yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot hayot tarzimizni yaxshilashga xizmat qiladi, qo‘shimcha imkon va imtiyozlar beradi. Yildan-yilga yangi qonun va qarorlar kuchga kirib, hayotimizda tub burilish yasaydi. Joriy yilning 1-oktyabidan ham bir necha qonunlar kuchga kirib, bir qancha sohalarda, tizimlarda o‘zgarishlar bo‘ladi. Xususan, ushbu sanadan boshlab, davlat xizmatlari joylarga chiqqan holda faoliyat koʻrsatadi. Xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undiriladi. Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Qolaversa, 1-oktyabrdan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturiga muvofiq uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik yuqori stavkada 1,5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratilishi ham tadbirkor va ishbilarmonlar uchun yaxshi yangilik. Bu hali hammasi emas, issiqxona xoʻjaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun