Sement zavodi ishga tushsa…

Date:

Surxon vohasi zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega hudud. Bu esa o‘z-o‘zidan ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega mahsulot ishlab chiqarishga zamin hozirlaydi va eksport salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ayni jihatlarni hisobga olgan mahalliy tadbirkor “Fabullo stroy servis” xorijiy investorlar bilan hamkorlikda sement mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi. Ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Xitoylik mutaxassislar Boysun tumanida bo‘lib, yiliga 2 million tonna sement mahsuloti ishlab chiqarish zavodini tashkil etish bo‘yicha, yer maydonini tanlash, barcha kommunikatsiya (elektr energiya, suv, yo‘l, gaz) tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risida tuman hokimiligi hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda muzokaralar olib borildi.
Loyiha ishga tushirilishi natijasida ushbu kompaniyada yangidan 400 ta ish o‘rni yaratiladi. Uchrashuv so‘ngida mutasaddilar tomonidan loyihaga oid muammolarni birgalikda bartaraf etish va amalga tatbiq etish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun