“Muvoffaqiyatimning siri…”

Date:

Maqsadsiz inson bo‘lmasa kerak. Bu yo‘lda harakatimizga qarab nimagadir erishamiz. Shunchaki tanlagan yo‘limizda mehnatimiz eng yuqori pillapoyaga ko‘tarilishimizga zamin hozirlaydi. Tadbirkor Zulfiya Sherova ham ana shunday tinib-tinchimas, orzularini ro‘yobga chiqarib, buning mashaqqat-u qiyinchiliklaridan qo‘rqmaydigan insonlardan.
Tadbirkor ayol chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish orqali daromad topib, o‘z ishini kengaytirgan. Sho‘rchi tumanida fermerlik harakati rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, yerga egalikning afzalliklarini amalda namoyish etishga erishgan ilg‘or va tajribali fermer sifatida jamiyatda munosib obro‘-e’tiborga ega.

Zulfiya Sherova 2011-yildan buyon “Nargiza Sherova” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida mehnat qilib kelmoqda. U qishloq xo‘jaligi sohasida tajribali paxtakor sifatida tanilgan. Qolaversa, chorvachilikning eng asosiy tarmog‘i bo‘lgan qoramolchilikni rivojlantirishga harakat qilmoqda.
Tadbirkorning faoliyati, albatta, keng jamoatchilik uchun qiziq. Tadbirkorlikka qiziqqan ayollar va yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida tajribali va mas’uliyatli tadbirkor mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari va muvofaqqiyatga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi. Suhbat samimiy kechdi va yoshlar hayotda o‘z ishlarini boshlash uchun munosib motivatsiyani ola oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8-mavsum yakunlandi

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki...

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...
KunTun
KunTun