Yoshlarga 1 milliard so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi

Date:

Yoshlar ertangi kun egalari, ularni munosib qo‘llab-quvvatlash, bugunidan mamnun, ertangi kuniga ishonch bilan boqishi, o‘qib o‘rganishi uchun yetarlicha imkoniyat va imtiyozlarning berilayotganini e’tirof etsa arziydi. Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida “qizil” toifaga kiritilgan va “Yoshlar daftari”da turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan navbatdagi tadbir ana shunday ishlarning davomidir.
Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, “Yoshlar daftari”da turgan Termiz shahri va Termiz tumanidagi yoshlarni tingladi. Muammo va takliflariga quloq tutdi. Ish izlayotganlarga ish yoki munosib yechim, ilm-fan yo‘lida izlanish olib borayotganlarni qo‘llab-quvvatlash lozim. Shu sababdan 312 nafar yoshga 1 milliard so‘mlik, jumladan, 107 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun jihoz, asbob-uskuna va dastgohlar hamda 205 nafariga o‘qish, ilm-fan bilan shug‘ullanish hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlarini qoplash uchun moddiy yordam sertifikatlari topshirildi. Bu bilan kifoyalanmay, viloyat, shahar va tuman tashkilotlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan “qizil” toifadagi yoshlarning 36 nafariga turli jihozlar topshirildi.
Muammosi hal etilib, murojaati e’tiborsiz qolmagan yoshlarning quvonchi cheksiz, kayfiyatlari esa a’lo darajada ekanini kuzatish mumkin. Ayni shu kayfiyatni tushirmagan holda tadbir to‘kin dasturxon atrofida davom etdi va san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchani raqsga, o‘yin-kulguga chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun