Izlanishlar olib borilmoqda

Date:

Har bir sohada yuqori natijaga erishishga urinamiz. Qishloq xo‘jaligida ham ayniqsa, g‘o‘za navlarining yangi navlarini yaratish kelgusida mo‘l hosil olishning, mo‘may daromad ko‘rishning garovidir. Bu borada esa Denov ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan ilmiy izlanishlar, tajriba ishlari olib borilmoqda. Maqsad bitta, hosildor, voha iqlimiga moslashtirish, suvsizlikka chidamli urug‘lik navlarini yaratishdir.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy tekshirish institutining Hazarbog‘ tajriba stansiyasida hosildor urug‘lik g‘o‘za navlarini yetishtirish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, tajriba stansiyasi mas’ullari tomonidan hosildor urug‘lik paxta navlarini yetishtirish, voha iqlimiga moslashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi. Viloyat rahbari suvsizlikka chidamli, hosildor g‘o‘za navlarini yetishtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun