Bahodir Jalolov “Bilimlar kunida”

Date:

Yurtimizda Bahodir Jalolovni tanimagan yosh topilmasa kerak. Chempion ekranlarda ko‘rinish berishi bilan bolalarning ko‘zlarida qandaydir uchqun porlay boshlaydi. Balki ularning qalbida sportchidek bo‘lish ishtiyoqi uyg‘onar. Sariosiyo tumanidagi 47-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda Olimpiada o‘yinlari hamda ikki karra jahon chempioni, bir necha bor Osiyo va O‘zbekiston chempioni, qolaversa, yaqin kunlarda AQShda bo‘lib o‘tgan professional jangda o‘zining o‘n uchinchi g‘alabasini qo‘lgan kiritgan yurtimiz faxri Bahodir Jalolovning ko‘rinish bermagani o‘quvchi-yoshlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.


Endigina maktab ostonasiga qadam ranjida qilgan jajji bolakaylar keliboq jahon chempioni bilan yuzlashgani ular uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Bahodir Jalolov so‘zga chiqishi bilan barcha katta qiziqish bilan tingladi. Bokschi barchani yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, a’lo baholarga o‘qishga, sport bilan shug‘ullanib,

jismonan chiniqishga chaqirdi. Shundan so‘ng, Bahodir Jalolov birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarga o‘z qo‘llari bilan Prezident sovg‘alarini ulashdi.

A.Raxmonov

Oldingi sahifaMahorat
Keyingi sahifaINNOVATSION BOG‘ChA ISh BOShLADI

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun