Nuroniylar uchun…

Date:

Rivojlangan davlatlarda, ayniqsa, Koreyada tish davolatish eng qimmat tibbiy xizmat turi sanalar ekan. Shu sababdan ham koreyslar bolalikdan tish parvarishiga qat’y amal qilib, ularni asrashga harakat qiladi. Bizda esa tishlar og‘riq berib, sug‘urtirish vaqti kelib qolmaguncha, shifokorga bormaydiganlar ham afsuski, yo‘q emas.
Angor tumanida “Keksalar salomatligi oyligi” doirasi tashkil etilgan tibbiy ko‘rik esa sog‘ligidan shikoyati bor, ammo tibbiy ko‘rikka borishni paysalga soladiganlar uchun ayni muddao bo‘ldi. 55 yoshdan oshgan 11 015 nafar nuroniyning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan ko‘rikda 9000 nafarga yaqin nuroniy ishtirok etib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklarni davolash maqsadida nuroniylarga ularning kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 10 nafar nuroniyga protez tishlar qo‘yilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 3 nafariga protez tishlar qo‘yildi.

Oldingi sahifaLoyiha doirasida…
Keyingi sahifaHunar hunardan unar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun