Hunar hunardan unar

Date:

Kulol dastgohiga o‘tirib, bir parcha loyga shunday ishlov beradiki, natijada san’at namunasi ko‘rinish bera boshlaydi. Ha, ko‘za va shunga o‘xshash buyumlar ana shunday yasaladi. Sho‘rchilik kulol Shahar Dobilova ham ana shunday buyumlar yasashga usta. Besh nafar shogirdi bilan tayyorlaganlari sifatli hamda bozori chaqqon.


Sho‘rchida o‘z hunari ortidan daromad ko‘rib, elga mehnati bilan yuzi issiq insonlar ko‘plab topiladi. Ana shunday hunarmandlardan Doniyor Mamatqulovdir. U o‘zining mo‘jazgina ustaxonada yong‘oq, tut, zardoli yog‘ochlaridan do‘mbira yasaydi. Albatta, do‘mbiraning ovozi nechog‘lik mayin chiqishi, baxshi uni mohirona sayratishi uchun u qaysi daraxtning yog‘ochidan yasalishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hunarmand ish boshladimi, oxiriga yetkazmay tinchimaydi. Ayni paytda ham u o‘n kun avval boshlagan ishini yakunladi. Yasagan do‘mbirasi esa kutganidan ham jozibali chiqib, xaridorni-da quvontirdi. Mehnati ortidan eshitgan minnatdorchiligi esa hunarmandning butun charchoqlarini chiqarib yuborgandek bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun