Qo‘shni qo‘shnidan rang olar

Date:

Issiqxona tashkil etib, ekin-tikin qilish yil bo‘yi yerdan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi. Sho‘rchilik Uldona Rahimova ham ana shunday imkondan unumli foydalanib kelayotgan ayollardan. U o‘z tomorqasidagi issiqxonada navbati bilan pomidor va bodring ekib yetishtiradi. Hech qachon yerni bo‘sh qo‘ymaydi va mehnatdan qochmay, yerni yumshatishdan, yerga nihol qadashdan hosilni olgunga qadar tinim bilmaydi. Daromad ham shunga yarasha. Tadbirli ayol 4 sotixli issiqxonasidan o‘tgan yili 15-20 million so‘m daromad olgan bo‘lsa, bu yilgi rejalari ham bundan kam emas.
Qo‘shni qo‘shnidan rang olar deyishganidek, Uldona Rahimovaning yon qo‘shnisi Oysha Qarshiyeva ham Uldona opadan qolishmaydi, tomorqasining 2,5 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil qilib, yiliga 3 marotaba hosil olishning uddasidan chiqqan. E’tirof etish lozimki, Uldona opaning ish boshlashi va issiqxona tashkil etishi bankdan olingan imtiyozli kredit mablag‘i hisobidan amalga oshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun