“Ishbilarmon ayol-2023”: g‘olib aniqlandi

Date:

Ayollar ishbilarmon sifatida ham muvafaqiyatga erishib, oila byudjetiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgani quvonarli hol, albatta. Bunday ayollarning muvaffaqiyatli faoliyati atrofdagilarga o‘rnak va namuna bo‘la oladi. Ana shunday ishbilarmon va tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinadi. Bu yil ham Termiz shahridagi Yoshlar markazida mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan fermer, tadbirkor, hunarmand xotin-qizlar ishtirok etdi. Aytish kerakki, ushbu tanlov xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, fermerlikka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashishga xizmat qiladi. Bu orqali yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarib, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘rik-tanlovda Muzrabot tumani “Tilov Hoji NShSh” fermer xo‘jaligi rahbari Shoira Tilavova “Ishbilarmon ayol” deb topilib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va 5 000 000 so‘mlik vaucher hamda ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Ikkinchi imkon” — yangi yo‘l ochadi

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida jazoni ijro etish muassasalarida jazo...

Ta’lim tizimining “Qalqon”i bo‘ladi

Vazirlik nizomiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullari...

Hashar – birdamlik timsoli

Yurtimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom...

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...
KunTun
KunTun