1739 ta ko‘p qavatli uylar UzKAD tizimiga yuklandi

Date:

“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022-yildagi 198-son farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir ko‘chmas mulk obyekti identifikatsiyalangan holda bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkaziladi.
Bunda UZKAD tizimiga Garov reestri, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reestri, Tadbirkorlik subektlari yagona davlat reestri, O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri, “Davlat mulki” axborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning bo‘linmalari reestri, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reestrlari va ko‘chmas mulk obektlariga oid ma’lumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat axborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 1-bosqichda 1739 ta ko‘p qavatli uylar to‘liq UzKad tizimiga olib o‘tildi. 2-bosqichda 1124 ta maktab, 328 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tizimga yuklandi. Bugungi kunda Davlat obyektlarini UzKad tizimiga olib o‘tishda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Yer maydonlarini UZKAD axborot tizimida hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan jami 2 009,9 gektar yer maydonidan 1 798,2 gektar yer maydoni hisobga olingan, 1 572,4 gektar yer maydoni ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun