Chekka va olis hududlarda

Date:

Yurtimizda olis va chekka hududlar ham e’tiborda. U yerlarda ham aholi turmush tarzini yaxshilash, yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida islohotlar isbotini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori esa bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Shu maqsadda 25 milliard 957 million so‘m mablag‘ evaziga Boysun tumanidagi 24 ta mahallada 28 ta qurilish obektlari, jumladan, 12 ta suv, 10 ta yo‘l, 2 ta elektr, 2 ta irrigatsiya, 1 ta seldan himoya qilish to‘sig‘i va 1 ta ko‘prik qurish ishlari olib borilishi belgilangan. Xususan Boysun tumani markazidan 65 kilometr olis hududda joylashgan “Qizilnavr” mahallasida 4 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytga qadar 0,8 kilometr asfaltlash ishlari olib borildi. Shuningdek 1,6 kilometr tuproq yo‘llar shag‘allandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun