Taraqqiyot strategiyasi: “inson qadri” tamoyili ustuvor

Date:

Surxondaryo viloyati Hayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi Qurolli Kuchlarda va harbiy tuzilmalarda qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan harbiy xizmatchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz suverenitetini mustahkamlash, mudofaa salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilarning va oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash choralari borasida so‘z yuritildi.
Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqib, harbiy tuzilmalarda ham “inson qadri” tamoyili ustuvor etib belgilanligi, harbiy xizmatchilarning huquq va manfaatlari, ijtimoiy himoyasi ta’minlanganligiga alohida nazoratga olinganligi ta’kidlandi. Harbiy prokuratura bu borada qonun himoyachisi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda faol targ‘ibotchi bo‘lmoqda.
Uchrashuvda harbiy xizmatchilarga Qurolli Kuchlar hamda sohadagi islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini izchil yetkazishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini oshirish borasida ma’naviy targ‘ibot tadbirlari olib borilishi yuzasidan rejalar belgilandi.

Qahramon Ismailov,
Termiz harbiy prokurori katta yordamchisi podpolkovnik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun