Yangi MTT foydalanishga topshirildi

Date:

Uzun tumanining “Oq ostona” MFYda 90 o‘ringa mo‘ljallangan 31-sonli MTT foydalanishga topshirildi. Binoning ochilish marosimida tuman hokimi X.Bozorov mahalla ahlini ushbu quvonchli kun, yangi ta’lim-tarbiya maskani bilan qutladi. Shuningdek, mamlakatimizda kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarni har taraflama barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylanganini alohida ta’kidladi.
Ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti zamon talablariga mos tarzda jihozlangan bo‘lib, u yerda bolalar va tarbiyachilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, binoda mashg‘ulotlar xonasi va yotoqxona, musiqa va sport zallari, oshxona, psixolog, logoped xonalari mavjud.
Kunlik mashg‘ulotlar rejasi tuzilgan. Qolaversa, har kuni vitaminlarga boy bo‘lgan ovqatlanish ratsioniga rioya etilgan holda menyu ham tuzilgan. Eng asosiysi, bolajonlar tarbiyachilar bilan bir-biridan qiziq mashg‘ulotlar orqali bilimlarini oshirsa, psixolog hamda logopedlar ham bolajonlarning ruhiyatida va nutqi ravon bo‘lishi uchun muntazam ravishda shug‘ullanib borishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun