“Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi

Date:

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligi sohasida ham raqamli texnologiyalardan joydalanish keng ommalashib bormoqda. Bunda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–257-son, 02.08.2023 y.) dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan «Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Ushbu platforma paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
2024-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari tijorat banklarining «Agroplatforma» AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtiriladi. Bunda mahsulot etishtiruvchilarga «Agroplatforma» ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-fevralgacha sohadagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash uchun Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markazining ishga tushirilishi nazarda tutilgan. 2023-yil 1-oktyabrgacha «Agroplatforma» ATda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida...

Maktablar qishga tayyor

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi...

“Maromiylik” — isrofning oldini oladi

Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish...

Kelishuv manfaatli boʻldi

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun