“Badiiy gimnastika” bo‘yicha…

Date:

Badiiy gimnastika — sportning eng go‘zal va nafis turi. U bilan shug‘ullanishni boshlagan yoshning qomati raso, harakatlari esa nozik bo‘lishi aniq. Sahnaga chiqqan gimnastikachilarning nozik harakatlarini kuzatgan yosh borki, ushbu sport turiga mehr qo‘yishi, qiziqib qolishi aniq. Istak va ixlos kuchli bo‘lsa, gimnastikada o‘zni sinab ko‘rish muvaffaqiyat garovi bo‘lib xizmat qilsa, ajab emas.
Boysun tumanidagi 2-umumta’lim maktabida 2016-2012-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan viloyat birinchiligi musoboqasi yosh gimnastikachilarning muvaffaqiyat tomon ilk odimi bo‘ldi deyish mumkin.
To‘g‘ri, g‘olib bitta bo‘lar, ammo, aytish kerakki, muhimi g‘oliblik emas, muhimi ishtirok. Bu ham insonga juda ko‘p narsalarni anglashga, o‘z oldiga qat’iy maqsadlar qo‘yichga debocha bo‘lishi shubhasiz. Ana shunday maqsad qo‘ygan 10 ta jamoa musobaqada bellashishlariga to‘g‘ri keldi. Qizg‘in kechgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun