32 ming xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi

Date:

Elektr energiyasisiz bir soniyamizni ham tasavvur eta olmaymiz. Tasavvur qilaylik, uyda “svet” o‘chishi bilan xonamiz zim-ziyoga aylanadi. Televizor ko‘rsatishdan, choy qaynashdan to‘xtaydi. Dunyodan voqif qilib, vaqtimizni o‘g‘irlayotgan internet tarmog‘i ham uziladi, bir muddat o‘tgach esa telefonimiz ham quvvatlashni so‘ray-so‘ray o‘chib qoladi. Mana shunday hayot tarziga odatlanganlar uchun esa hayot ham to‘xtaganday bo‘ladi.
Mana shunday uzilishlarning oldini olish maqsadida Oltinsoy tumanida 110/35/10 kV “Oltinsoy” podstantsiyasi va 19 kilometrlik 110 kV havo tarmog‘i hamda 25 000 kVAlik 2 ta transformator punkti qurilishi boshlandi. Loyiha tumanda infratuzilma rivojlanishiga, 32 ming xonadon, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish korxonalarining elektr ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov loyihaga start berib, uni belgilangan muddatda sifatli amalga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun