Muammo bartaraf etildi

Date:

Surxon vohasining har hududida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar va bunyodkorlik ishlari haqidagi xabarlar quloqqa hush yoqadi. Axir, bularning barchasi xalqimizning munosib hayot kechirishi, bandligi taminlanishi, yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotganini unutmaslik lozim. Vohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik sohasi yaxshigina rivoj topganini inobatga olsak, amalga oshirilajak loyihalarda ham ana shunday sohalar ham qamrab olinganki, bu sohada yangi qadamni boshlab beradi.
Termiz tumanining “Soliobod” mahallasida “Janub Labo Avtotrans” MChJning loyiha qiymati 6 milliard so‘m bo‘lgan chorvachilik kompleksi amalga oshirilmoqda. Ammo, afsuski, mazkur loyiha doirasida chorvachilik kompleksi, ozuqa saqlash joylari va molxonalar qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq ozuqa yetishtirish va chorvani boqish uchun maydon ajratilmaganligi sababli loyihani davom ettirishda muammolar mavjud.
Surxondaryo viloyati hokimi Termiz tumaniga tashrifining keyingi manzilida chorvachilik kompleksida bo‘ldi va loyiha tashabbuskorining mavjud muammolarini tinglab, mas’ullarga ozuqa yetishtirish uchun yer maydoni ajratish masalasini o‘rganib chiqib, taklif kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun