Sho‘rchining Barchini

Date:

Sho‘rchilik Sitora Husanovaning qonida Barchin momomizning qoni jo‘sh urgan shekilli, “yo pirim” deb maydonga tushganda raqibalarining belbog‘idan mahkam tutadi-da, yelkasidan aylantirib, yerga uloqtiradi. Har safar shunday qilganida atrofdagilarning g‘ala-g‘ovuri ko‘tariladi. “Halol”, “halol” degan hayqiriqlar eshitila boshlanadi. Bu esa polvon qizning yulduzli onlari… ammo, Sitora yulduzli onlardan havolanib ketmaydi, polvonning oyog‘i yerdan uzilmasligi kerakligini hayotida chin qoida deb biladi. Uzildimi tamom…
U kurash bo‘yicha mashg‘ulotlarni kanda qilmaydi. Kurashib, o‘zini chiniqtiradi. Tez-tez qator musobaqalarda ishtirok etib, hali kuragi yerga tekkan emas. Bu safar u Fransiyaning Parij shahrida kurash bo‘yicha o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun” o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok edi.
Mutloq vaznda maydonga tushgan Sitora Xusanova ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Oldingi sahifaXAYRLI TASHABBUS
Keyingi sahifa…vakolati kengaytiriladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun