Koordinatorning tashabbusi

Date:

Yoshlarimiz har sohada faol va ilg‘or. Ayniqsa, ularga bosh, sardor bo‘ladigan yoshlarning jamiyatga namuna qilib ko‘rsatgulik iqtidor va salohiyat egasi bo‘lishiga katta e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda ham “Qizlar ovozi” klubidagi yo‘nalishlarga koordinatorlar tanlab, saralanib, eng maqbul nomzodlar saylanadi.
Klubning “Tadbirkorlik va bandlik” yo‘nalishi koordinatorligiga esa viloyat hokimi stipendianti Gulmira Ismoilova saylangan. Tinib-tinchimas, tirishqoq qiz yoshlarni o‘z ortidan ergashtirishni, asosiysi to‘g‘ri yo‘lga boshlashni biladi. Ayni uning tashabbusi bilan Termiz shahridagi “Bog‘zor” mahallasida zamonaviy hunarmandchilik to‘garagi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu to‘garak yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish-u, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishlarida, zamonaviy hunarmandchilikni o‘rganishlarida muhim ahamiyat kasb etishi aniq.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun