Yarmarkalar xalq xizmatida

Date:

Imkoniyatimiz va hamyonimizga qarab bozor-o‘char qilamiz. Ammo, ro‘zg‘or g‘or deganlaridek, kam-ko‘stimiz sira bitmaydi. Qancha bo‘lsa, shuncha kamimiz chiqaveradi. Nima bo‘lganda ham bozorga yo‘l olayotib, bozorimizning barakasini bersin, deymiz ich-ichimizdan.
Ana shunday niyat bilan Angor markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozoriga kelgan borki, niyati amalga oshmoqda. Negaki, ushbu bozorda arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan.

Narx-navoni mo‘tadilligini ta’minlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida esa tuman hokimi Qosim Mardonov bozordagi holatni shaxsan nazorati ostiga olgan. Shu sababdan ham hokim hamda sektor rahbarlari manzilda bo‘lib, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʻminlash maqsadida tashkil etilgan yarmarka faoliyatini ko‘zdan kechirib, aholi bilan suhbatda bo‘layotir.
Aytish kerakki, mana shunday arzon va eng sarxil mahsulotlar bozor rastalaridan joy olganidan tuman ahli ham shod. Bozoridan baraka olib, mamnun holda uyga qaytishayotir.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun