…maqomini «boy berdi»

Date:

Geografiyaga oid bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish uchun “Eng baland cho‘qqi…” degan savolga, savolni yakunlanishini kutmay turib, “Everest” deyishingiz aniq. Eng baland cho‘qqi, eng sho‘r dengiz, eng katta okean kabi savollarga javobimiz tayin va aniq.
Tadqiqotchilar dunyoning barcha mintaqalaridan alpinistlar kelib zabt etishga intiladigan Everest cho‘qqisi dengiz sathidan 8 849 metr balandlikda joylashganini tasdiqlashibdi. Haqiqatan, dengiz sathidan hisoblanganda mazkur tog‘ inson zabt eta oladigan eng baland nuqta hisoblanadi. Ammo, hisob-kitob boshqacha usulda olib borilsa, Everest balandlik bo‘yicha 1-o‘rinni boshqa cho‘qqiga bo‘shatib berishga majbur bo‘lar ekan. Qanday deysizmi?
Olimlar ta’kidlashicha, dunyodagi eng baland cho‘qqi balandligi, taxminan, 10 305 metrli Mauna-Kea vulqoni hisoblanadi. Gap shundaki, vulqonning bir qismi Tinch okeani tubida joylashgan, ya’ni, taxminan, 6 ming metri suv ostida yashiringan va faqat 4 ming 205 metri dengiz sathidan balandda joylashgan. AQSh Geologiya xizmatining ogohlantirishicha, bundan 4 500 yil avval paydo bo‘lgan mazkur vulqonning qayta uyg‘onish ehtimoli mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun