Yoshlarga munosib tuhfa

Date:

Mahalla guzarlarida street workout sport maydonchalariga ko‘zimiz tushadi. Ana shunday sport maydonchalari yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etishda, sog‘lom turmush tarzini odat qilishda eng yaxshi vosita bo‘lib xizmat qilayotir. Buning foydasini bilgan mutasaddilar ham hududlarda, mahallalarda street workout sport maydonchalarini qurib, foydalanishga topshirishni yoshlar uchun eng yaxshi tuhfa deb bilayotir. Aslida ham shunday.
Xuddi shunday ishlarning davomi sifatida Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida ham Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. Bu esa yoshlar uchun katta bayramga aylanib ketdi. Tuman hokimi Qosim Mardonov sport maydonchasini foydalanishga topshirar ekan, yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Aholini sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va ommaviy sportga qiziqtirish maqsadida qurilgan Street workout maydonchasi haqiqatan ham yoshlar uchun haqiqiy sovgʻa boʻldi deyish mumkin. Ular shu kunning o‘ziyoq maydonchadan foydalanib, tanlarini chiniqtirishni boshlab yubordilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun