Oltin va kumush bilan…

Date:

Ba’zida ortiqcha vazndan, qandaydir tashqi nuqsonimizdan tushkunlikka tushamiz. Aslida esa bularning bari sog‘lom turmush tarzi bilan bartaraf etish mumkin bo‘lgan jihatlar sanaladi.
O‘qishga kira olmayotgan bo‘lsak, bilimimiz yetarli emas. Demak, qunt va sabr-toqat bilan o‘qib o‘rganish lozim. Xolbuki, shunday nuqsonlar borki, ularni na tuzatib bo‘ladi va na…
Ammo, shunga qaramay ular tushkunlikka tushmay intilayotgan bo‘ladi. Ularning bu harakati nafaqat atrofdagilarga motivatsiya berib, tegishli xulosa chiqarishiga turtki bo‘ladi, balki ularning harakat va mehnatlari shubhasiz muvaffaqiyatga ham yetaklaydi.


Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida para Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatida ishtirok etgan sportchilar fikrlarimining yaqqol isbotidir. Quvonarlisi, chempionatda surxondaryolik yoshlar ham ishtirok etib, o‘z mahorat va iste’dodlarini maydonga tushib namoyish etdilar. Raqiblari bilan ayovsiz kurashib, tomoshabinlar e’tibori-yu, hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘ldilar. Vohadoshimiz, Termiz davlat universiteti 1-bosqich magistranti Ilhom Jo‘rayev oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sherigi Sirojiddin Abdullayev ham bo‘sh kelmadi, vatanga quruqqo‘l bilan qaytishni istamay, kumush medali bilan kifoyalandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun