Psixologlar mahoratini ko‘rsatishdi

Date:

Ba’zida jismonan nogironligi bor inson uchun nuqson birinchi darajaga ko‘tarilib, jamiyatdan o‘zini uzib, atrofdagilarga qo‘shilmaslikka, o‘z qobig‘iga o‘ralib olishga sabab bo‘ladi. Bu uning kayfiyatiga, hayotiga, ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkaza boshlaydi. Xo‘sh, bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak? Bunda kim ko‘proq yordam bera oladi? Albatta, inson ruhiyatida muammo bor ekan psixologlarning yordamiga tayanamiz va suyanamiz. Mutaxassisgina ruhiy tushkunlikdagi inson yoki bola bilan suhbatlashib, qandaydir o‘zgarish qila oladi.
Angor tumanidagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashgan “Nurli maskan” maktab-internatining yuqori sinf o‘quvchilari uchun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan malakali psixologlardan iborat jamoa shakllantirilib, trening mashg‘ulotlari o‘tkazilgani ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qildi.
Psixologlar jamoaviy ishlagan holda turli treninglar o‘tkazdilar. O‘quvchilarning bevosita ishtiroki ta’minlab, ularni faollikka chorladilar. O‘z navbatida ruhiyatni ko‘targuvchi fikrlar, g‘oyalar o‘z ishini ko‘rsatdi. Asosiysi o‘quvchilar vaqtini mazmunli o‘tkazib, kayfiyatlari ko‘tarildi. Bunday mashg‘ulotlar nafaqat kayfiyatga ta’sir etadi, balki ularni hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun