Tartib-intizom va nazorat kuchaysa…

Date:

Xalqimizda molingni mahkam tut, qo‘shingni o‘g‘ri tutma, degan naql bor. Ammo, ba’zi sho‘rchiliklar bu naqlga amal qilishmagan shekilli, joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida MJTKning 61-moddasi bo‘yicha 11 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlandi. Bu esa mas’ullarni xushyorlikka tortish bilan birga, tartib-intizom va nazoratni kuchaytirishga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 12-may kuni MJTKning ayrim moddalariga o‘zgartirish kiritilib, xususan Milliy gvardiya xodimlarining vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Bu o‘zgartirishga ko‘ra, MJTKning tegishli qator moddalari asosida soha xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilishi qonun bilan belgilandi.
Vakolatlari kengaygan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi Sho‘rchi tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan 2023-yilning dastlabki kunlaridan boshlab, fuqarolarning mol-mulkining ishonchli qo‘rig‘ini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borildi. Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlar va tuman markazidagi mahallalarda sohaviy xizmat vakillari hamkorligida tumanda kichik tashmachilikdan tortib, har turdagi jinoyatlarning oldini olish uchun (fuqaro xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari)ning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida Texnik qo‘riqlash markazi xizmatidan foydalanishlari mavzusida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Eshmaxmat Saidov,
Sho‘rchi tuman Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun