Bemor bolalar ham e’tibordan chetda emas

Date:

Kechagi bayram, 1-iyun shukuhi hali-hamon hech bir bolani tark etgani yo‘q. Mashhur filmda aytilgandek, bayram, bayramdek bo‘ldi. Asosiysi bolajonlar munosib xordiq chiqarishdi, ko‘ngil yozishdi. Istirohat bog‘lari-yu saylgohlarda miriqib dam oldilar. Mana shunday shodiyonalar paytida xalqimiz bemor bolajonlar holidan xabar olishni, ko‘makka muhtoj oilalarni-da yo‘qlashni unutmadilar.
Аna shu anʼanaga muvofiq Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov tumandagi tibbiyot birlashmasiga qarashli umumiy bolalar bo‘limida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi. Ularga bayram sovg‘alari ulashdi. Ko‘rsatilgan mehr va g‘amxo‘rlikdan bemor bolajonlarning-da boshi osmonga yetdi. Hokim bobolari bilan dildan suhbatlashib o‘z minnatdoshchiliklarini bildirdilar.
Albatta, “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida o‘tkazilgan bayramda hech bir bola mehrdan va eʼtibordan chetda qolmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun